Адаптируем резюме под ATS-фильтры, подготовим сопроводительное на основе резюме и вакансии, соберём гайд подготовки к собеседованию, найдём контакты HR и нанимающих
Balloon by Megavan — бренд холдинга ALFARUQ: шины и диски для легковой, грузовой и спецтехники, B2B. Более 10 лет на рынке Узбекистана.
Ищем SMM-менеджера, который умеет делать контент руками, а не только строить стратегии. У бренда есть продукт, техника, склады, сервис и живые люди — материала для съёмок хватит на годы. Нужен тот, кто превратит это в Instagram, Telegram и TikTok, на которые интересно смотреть.
Обязательно приложите 3 примера своих работ — ссылки на аккаунты, которые вы вели, посты или reels вашего авторства. Отклики без примеров работ мы не рассматриваем: в SMM портфолио говорит больше, чем резюме. Отвечаем каждому в течение двух рабочих дней.
Balloon by Megavan — ALFARUQ xoldingi brendi: yengil, yuk va maxsus texnika uchun shina va disklar, B2B. Oʻzbekiston bozorida 10 yildan ortiq.
Bizga kontentni qoʻli bilan qiladigan SMM menejer kerak — faqat strategiya tuzadigan emas. Brendda mahsulot, texnika, omborlar, servis va tirik odamlar bor: suratga olish uchun material yillarga yetadi. Buni qiziqarli Instagram, Telegram va TikTok’ga aylantiradigan odam kerak.
Vazifalar: Instagram, Telegram, TikTok va boshqa tarmoqlarni yuritish; haftalik va oylik kontent reja tuzish; post, stories, reels uchun gʻoya ishlab chiqish va tayyorlash; mahsulot, xizmat, aksiya va ish jarayonlari boʻyicha kontent yaratish; suratga olishda qatnashish va zarur boʻlsa mustaqil tayyorlash; bazaviy montaj, titr, subtitr va cover; banner, flyer, promo materiallar; natijalarni kuzatish (охват, engagement, lidlar); ijtimoiy tarmoqlardan kelgan murojaatlarni tegishli boʻlimga yoʻnaltirish; kontent arxivini tartibli saqlash.
Talablar: SMM, digital marketing yoki kontent yaratish sohasida kamida 1 yil tajriba; CapCut, Premiere Pro yoki shunga oʻxshash dasturda montaj; Canva yoki Photoshop afzal; matn yozish koʻnikmasi; suratga olishdan qoʻrqmaslik; trendlarni kuzatish; Excel yoki Google Sheets boshlangʻich darajada; oʻzbek tili erkin, rus tili ishchi darajada; masʼuliyat va deadline’ga rioya. Toʻliq bandlik 6/1 — grafik oʻqish yoki boshqa majburiyatlar bilan toʻqnashmasligi muhim.
Shartlar: sinov muddati 2 oy — 3 000 000 soʻm; keyin natija va KPI’ga qarab 5 000 000 – 8 000 000 soʻm. Soliqlar korxona hisobidan — koʻrsatilgan summani qoʻlga olasiz, oylik oyda ikki marta, 10-sanadan kechiktirilmasdan plastikka tushadi. Grafik 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha, ofisda. Mehnat shartnomasi rasmiy. Korxona obyektlari va tadbirlarida suratga olish — baʼzida safar bilan. Tushlik korxona hisobidan. Korxona ichki dasturlari boʻyicha oʻqish va chet elga safar imkoniyati. Oʻsish: bir yildan keyin katta SMM yoki digital marketing mutaxassisi. Ofis: Toshkent, Sergeli tumani, Yangi Sergeli koʻchasi, 35.
Qanday murojaat qilish kerak: ishlaringizdan 3 ta namunani albatta ilova qiling — yuritgan akkauntlaringiz havolasi, oʻzingiz tayyorlagan postlar yoki reels. Namunasiz murojaatlarni koʻrib chiqmaymiz: SMM’da portfolio rezyumedan koʻra koʻproq gapiradi. Har bir nomzodga ikki ish kuni ichida javob beramiz.
Будьте осторожны: если работодатель просит войти через Google, iCloud или Госуслуги, прислать код или пароль, запустить ПО или перевести деньги — это мошенники.
ЖмитеГайд по безопасности